Ikardi uch gol urib, Galatasaroy tarixiga kirdi

Turkiya chempionati 22-tur uchrashuvida “Galatasaroy” “Eyupspor”ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Bahs qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u ushbu o‘yinda xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uchta gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legionerlar ro‘yxatida yangi rekord o‘rnatish imkonini berdi. Mauro endi “Galatasaroy” safida 76 ta gol urdi va shu tariqa 75 ta gol bilan yetakchilik qilib kelgan ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi. Umumiy to‘purarlar reytingida esa argentinalik hujumchi yettinchi pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon “Galatasaroy” sharafini himoya qilmoqda. U Istanbul klubiga kelishidan avval Fransiyaning “PSJ” jamoasida to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing