date

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir bo'lishini bildi

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir bo'lishini bildi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Lissabondagi bahsda madridliklar yuqori saviyada o'ynashi shart. Arbeloa «Benfika»ga qarshi o'yin oson kechmasligini tan olib, seshanba kuni g'alaba uchun maydonda bor kuchni berish kerakligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi so'nggi turda «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O'sha natija portugaliyaliklar klubiga pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Chempionlar ligasi stykovoy raundining ilk uchrashuvi «Benfika» — «Real» 17-fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir bo'lishini bildi