Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubida yangi sport direktori tayinlangani e’lon qilindi. Bu lavozimni Marselo Delgado egalladi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj ekanini yashirmayapti. Shu sabab Delgado va Rikelme oldida transferlar bozorida aniq va tezkor qarorlar qabul qilish, jamoaga zarur kuchlarni olib kelish vazifasi turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Uning eng yorqin natijalaridan biri 2003 yilga to‘g‘ri keladi: Delgado Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. O‘sha mavsumda u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!