Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoaga qisqa muddat ichida tarkibni kuchaytirish zarur bo‘lib turibdi. Shu sabab Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transfer bozorida tezkor va aniq qarorlar qabul qilish bo‘ladi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lishga erishgan. O‘shanda Delgado “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqa to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!