date

Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkinligi aytildi

Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkinligi aytildi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiya kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi maosh kechikayotgani sababli norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi jamoalaridan tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, maoshlar noyabrdan beri ushlanib qolgan, qolgan masalalarda esa Djikiya Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.

32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkinligi aytildi