date

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif qilinishi mumkin

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif qilinishi mumkin

Andres Inyesta futbolchilik faoliyatidan keyin yangi ishga ega bo‘lishi mumkin. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli Inyestani Marokash terma jamoasi o‘z safiga chorlamoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif etilishi ehtimoli bor.

Yozda Marokash terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash to‘rtinchi o‘rinni egallagandi. “Atlas sherlari” yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o‘rin uchun o‘yinda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif qilinishi mumkin