Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, Rikelme esa avval “Barselona” safida ham to‘p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Boka Xuniors” tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu sababli Delgado va Rikelme dueti transferlar va jamoani mustahkamlash bo‘yicha yaqin kunlarda faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores Kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!