date

Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyu'psporni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuv qahramoni — argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u bu o'yinda xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu uch goli klub tarixidagi muhim marrani ham olib keldi. U Galatasaray safidagi gollari sonini 76 taga yetkazib, ruminiyalik Georghe Hadjini (75) ortda qoldirdi va Istanbul jamoasi tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Klubning umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik forvard hozircha yettinchi o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray sharafini himoya qilmoqda. U bungacha PSJ safida ham to'p tepgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi