Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avval “Barselona” safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va endi Delgado hamda Rikelme ushbu yo‘nalishda aniq qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan, jumladan, 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham maydonga tushgan.
2003 yilda esa u Libertadores kubogi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu unvonni “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!