Monako PSJga qarshi o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlarga uchradi

«Monako» tarkib borasida jiddiy muammolarga duch keldi. GFFN xabariga ko'ra, jamoaning uch futbolchisi Yevropa Chempionlar ligasida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi gumon ostida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchi Magnеs Akliush 13 fevral kuni «Nant»ga qarshi bahsda son mushagidan jarohat olib, safdan chiqdi. O'sha o'yinda yarim himoyachi Lamin Kamara ham to'pig'idan shikastlanib, uchrashuvni muddatidan oldin tark etdi. Yana bir yo'qotish — qanot hujumchisi Ansu Fati: u sonning to'rt boshli mushagidan jarohat olgan.
Uch futbolchining barchasi 17 fevralga belgilangan o'yin oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin yakuniy qaror qabul qilinadi. Javob uchrashuvi esa 26 fevral kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!