Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni kimligi aytildi

Lequipe jurnalisti Ugo Delom PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Liga 1 doirasida «Renn»ga qarshi o‘yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi. Parij klubi safarda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delomga ko‘ra, yirik hisobdagi yutqazish uchun aybni birgina darvozabonga yuklab bo‘lmaydi — bu butun jamoaning muammosi. Jurnalist «Renn» bilan uchrashuv Safonovning darvozabonlar ierarxiyasiga ta’sir qilmaydi, u birinchi raqam bo‘lib qoladi va Luis Enrike hamon unga ishonishda davom etadi, deya ta’kidladi.
Fransiya chempionatida 22 turdan so‘ng PSJ 51 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Luis Enrike shogirdlari peshqadam «Lans»dan bor-yo‘g‘i bir ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing