date

Mourinyu Real muxlislari meni hanuz qadrlashini aytdi

Mourinyu Real muxlislari meni hanuz qadrlashini aytdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Real»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Madrid klubida ishlagan davrida ham yutuqlar, ham muvaffaqiyatsiz lahzalar bo‘lgan, biroq u doimo bor kuchini berib ishlagan. Mourinyu shu sabab «Real» muxlislari hanuz uni hurmat qilishi va qadrlashini ta’kidladi, deya keltiradi The Touchline.

Mourinyu «Real»ni 2010–2013 yillarda boshqargan. Ushbu davrda «qirollik klubi» Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan.

17-fevral, seshanba kuni «Benfika» va «Real» Chempionlar ligasida o‘zaro bahs olib boradi. Avvalroq Mourinyu «Real»ga Chempionlar ligasidan chiqib ketishini, biroq Ispaniya chempionligini yutib olishni tilagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Real muxlislari meni hanuz qadrlashini aytdi