date

Ramazonda ehtiyojmandlar uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Ramazonda ehtiyojmandlar uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Ramazon oyida aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ramazon davomida ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish uchun «Vaqf» xayriya jamoat fondi orqali 750 milliard so‘m, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar hisobidan muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam berish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davolanishi va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari muborak oyda nuroniylar, yolg‘iz va og‘ir ahvoldagi fuqarolar holidan xabar olish, oilalarga amaliy ko‘mak berish ezgu an’ana ekanini ta’kidladi. Shuningdek, “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning har bir mahallada aniq va shaffof ro‘yxatini shakllantirish, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, adolatli tarzda yetkazish zarurligi alohida qayd etildi. Mas’ul idoralarga mazkur jarayon ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasi yuklatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ramazonda ehtiyojmandlar uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi