Rossiya terma jamoasiga FIFA reytingidagi 116-jamoa bilan o'yin taklif qilindi

Rossiya terma jamoasining mart oyidagi yig'iniga besh hafta qoldi. Rossiya futbol ittifoqi hozircha Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa bahorda kimga qarshi maydonga tushishini rasman e'lon qilgani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, OAVda Rossiyaning navbatdagi raqiblari sifatida Mali va Gvatemala terma jamoalari tilga olinmoqda. Biroq bu ma'lumotlar hozircha tasdiqlanmagan.
«Sport-Ekspress» xabariga ko'ra, mart oyiga yana bir variant ham taklif qilingan: Rossiyaga Gambiaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi tushgan. FIFA reytingida 116-o'rinda turgan bu terma jamoa Rossiyaga qarshi o'ynashga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, RFUga nisbatan UEFA va FIFA tomonidan joriy etilgan cheklovlar deyarli to'rt yildan beri amalda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!