Ambrozini Skudetto yana Milan klublari orasida qoladi

Ambrozini Skudetto yana Milan klublari orasida qoladi

"Milan"ning sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini A Seriya chempionligi uchun kurash endi faqat Milan shahri vakillari o‘rtasida kechishiga ishonchi komil ekanini aytdi. U bunday xulosaga "Inter"ning safarda "Yuventus"ni 3:2 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Bu turdan keyin chempionlik poygasi faqat Milan klublari orasida bo‘lishiga shubha qolmadi. Aslida, buni yil boshidayoq sezish mumkin edi", — dedi Ambrozini. Uning so‘zlarini pianetamilan.it keltirmoqda.

Ayni paytda turnir jadvalida "Inter" yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha "Milan"dan 5 ochko ustun. "Milan"ning esa zaxirada bitta o‘yini bor va agar u bahsda ochko yo‘qotsa, oradagi farq 8 ochkogacha kengayishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar