Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya maoshlar kechikayotgani uchun norozi va shu bois Rossiya Premer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘lovlar noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, biroq futbolchi Turkiyadagi sharoitlardan umuman olganda mamnun.
32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o‘tgan yil yozida qo‘shilgandi. Djikiya turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Georgiy 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing