date

Ikardi xet-triki Galatasarayga yirik g'alaba keltirdi

Ikardi xet-triki Galatasarayga yirik g'alaba keltirdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida “Galatasaray” “Eyupspor”ni 5:1 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etdi. Bahs qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u o'yinda uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu natija Ikardini klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylantirdi. U ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadji “Galatasaray” safida 75 gol urgan bo'lsa, Ikardi hisobini 76 taga yetkazdi. Umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik hujumchi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri “Galatasaray” sharafini himoya qilib keladi. U Turkiyaga kelishidan avval faoliyatini PSJ tarkibida davom ettirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-triki Galatasarayga yirik g'alaba keltirdi