date

Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida “Galatasaray” “Eyupspor”ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U avvalgi rekordchi, ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadji “Galatasaray” safida 75 gol urgandi, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.

Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida argentinalik forvard hozircha yettinchi pog‘onani egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon “Galatasaray” sharafini himoya qilmoqda, undan avval u PSJda to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaray rekordini yangiladi