date

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Jamoaning ushbu vazifadagi mas'uli Marselo Delgado bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. «Barselona»ning sobiq futbolchisi bo'lgan Rikelme bilan birga ular jamoani tez fursatda kuchaytirish bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilashi kerak.

Delgadoning o'zi ham futbolchi sifatida katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 o'yin o'tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogi to'purarlari ro'yxatida eng yuqori ko'rsatkich qayd etgan. U bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi