date

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi