date

Ikardi uch gol urib Galatasaraynig rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urib Galatasaraynig rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasiga muhim g'alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu o'yindagi uch goli «Galatasaray» tarixida yangi natijani ham ta'minladi: u klub safida 76-golini urib, eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Avval bu ko'rsatkich ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli bo'lib, u 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi.

Klubning umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro 2023 yildan beri «Galatasaray» sharafini himoya qiladi, undan avval u «PSJ» safida o'ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaraynig rekordini yangiladi