Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Shu sabab Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda jamoani yangilash masalalarida zudlik bilan ishga kirishishi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori darajada o‘ynagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U bu ko‘rsatkichni «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!