Ronaldu Yevropaning top klublariga yana taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarini tikladi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning top klublariga qo‘ng‘iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Ronalduning amaldagi shartnomasi uni «Al-Nasr» bilan 2027 yilning o‘rtalarigacha bog‘lab turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!