Ronalduni Yevropaning top klublariga tavsiya qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik klubini o‘zgartirishi ehtimoli hamon kun tartibida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh allaqachon Yevropaning yetakchi klublariga qo‘ng‘iroq qilib, 41 yoshli hujumchini yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu hanuz Mendesh agentligi mijozlari ro‘yxatida qolmoqda.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!