Ikardi xet-triki Galatasaroy tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida Galatasaroy Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, klub tarixida muhim natijaga erishdi. U Galatasaroy safida eng ko'p gol urgan legioner sifatida yangi rekord o'rnatdi.
Ikardi bu ko'rsatkichda ruminiyalik Georghe Hajiyni ortda qoldirdi: Haji Galatasaroyda 75 gol urgan bo'lsa, Mauro hisobidagi gollar soni 76 taga yetdi. Klubning umumiy to'purarlari reytingida esa argentinalik hujumchi hozircha yettinchi o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Galatasaroy sharafini himoya qilib kelmoqda. U avvalroq PSJ tarkibida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing