date

Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsusda

Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsusda

Rimning “Roma” klubi sobiq sardori Franchesko Totti faoliyati davomida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu bilan birga ishlash nasib etmaganidan afsusda ekanini aytdi. Mourinyu keyinroq rimliklar bilan ishlagan bo‘lsa-da, bu paytda Totti allaqachon 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab bo‘lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tottining ta’kidlashicha, u Mourinyu qo‘l ostida o‘z imkoniyatlarini yanada to‘liqroq namoyon qila olgan bo‘lardi. Uning fikricha, Mourinyu futbolchilarga maydonda erkinroq o‘ynashga sharoit yaratadigan, jamoani juda yaxshi boshqara oladigan mutaxassis. “Tarkibda shuncha yulduz bo‘lsa, ularni shunchaki mashq qildirish emas, boshqara bilish ham muhim”, deya Totti so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Eslatib o‘tamiz, hozir “Roma” A Seriyada beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsusda