Kalulyu hakam xatosiga qaramay bir o'yinga chetlatildi

A Seriya rasmiy sayti o‘tgan tur yakunlari bo‘yicha intizomiy qarorlarni e’lon qildi. Diskvalifikatsiya olgan futbolchilar ro‘yxatidan «Yuventus» himoyachisi Pyer Kalulyu ham joy oldi. Fransuz futbolchi bir uchrashuvga chetlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kalulyuning maydondan chetlatilishi bahsli vaziyat sifatida ko‘rilmoqda: hakamlar korpusi rahbari Janluka Rokki futbolchiga ikkinchi sariq kartochka noto‘g‘ri ko‘rsatilganini tan olib, uzr ham so‘ragan. Shunga qaramay, qoidaga ko‘ra qizil kartochka bekor qilinmagani sabab diskvalifikatsiya kuchda qoldi.
Natijada Pyer Kalulyu A Seriya doirasida «Komo»ga qarshi o‘yinda «Yuventus» safida maydonga tusha olmaydi. Uchrashuv 21-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing