date

Osimhen Yuvyentusga o‘tishi mumkinligini aytdi

Osimhen Yuvyentusga o‘tishi mumkinligini aytdi

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen "Napoli"ni tark etib, hozir Turkiya chempionatida "Galatasaroy" safida yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq u Italiyada ham qolishi mumkin edi — hujumchining A Seriyadagi boshqa klubga, xususan, Turin "Yuvyentus"iga o‘tish ehtimoli ancha yuqori bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Osimhenning so‘zlariga ko‘ra, "Galatasaroy"ga yo‘l olishidan avval "Yuvyentus" tomondan qiziqish bo‘lgan. Ammo u "Napoli" prezidenti uni boshqa italyan klubiga qo‘yib yubormasligini oldindan tushunganini ta’kidladi. Futbolchining fikrlari calcionapoli1926.it tomonidan keltirildi.

Osimhen 2020–2024 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgan. Hozir neapolliklar A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Yuvyentusga o‘tishi mumkinligini aytdi