date

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni chetga surib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz hujumchi klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan so'ng yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi