Milan Seru Girasini transfer qilish uchun harakat boshladi

Hujumchi Seru Girasining Dortmundning «Borussiya»sidan ketishi kutilmoqda va futbolchining keyingi manzillaridan biri «Milan» bo‘lishi mumkin. Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, italiyaliklar forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq «Milan» bu transferga faqat bitta shart bilan kirishadi: yozga borib narx pasayishi kerak. Hozirda dortmundliklar Girasini 70 million yevroga baholamoqda, «Milan» esa odatda bunday katta summalarni futbolchi uchun sarflamaydi. Manbaga ko‘ra, yozda yoshi futbol mezonlari bo‘yicha kattalashib borayotgan to‘purarning qiymati arzonlashishi kutilmoqda.
Girasi joriy mavsumda 32 uchrashuvda 15 gol urdi va 5 assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» tarkibida hozircha barqaror gol urib turadigan haqiqiy to‘purar yetishmayapti va klub aynan shu pozitsiyani kuchaytirishni istamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!