Kassano Milan o‘yini 80-yillar futbolini eslatmoqda deydi

Italiya A Seriyasida to‘p surgan sobiq hujumchi Antonio Kassano “Milan”ni keskin tanqidlari bilan yana bir bor tilga oldi. Uning fikricha, “rossoneri”ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaga singdirayotgan o‘yin uslubida ijobiy tomonni ko‘rish qiyin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kassano “Milan” bu yil faqat uchta uchrashuvda munosib ko‘rinish berdi, deb hisoblaydi: “Bolonya”ga qarshi ikki o‘yin va “Udineze” bilan bir bahs. U jamoada aniq futbol g‘oyasi yo‘qligini ta’kidlab, raqiblarda tizim bor, “Milan” esa go‘yo maydonda 80-yillar futbolini o‘ynayotgandek harakat qilmoqda, deya pianetamilan.it uning so‘zlarini keltirdi.
Ayni paytda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni “Komo”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!