Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli hamon mavjud. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning top klublari bilan bog'lanib, yozgi transfer oynasida 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shib olish variantini taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.
Hozirgi shartnomaga ko'ra, Ronaldu «Al-Nasr» bilan 2027 yil o'rtalarigacha bog'langan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!