Ikardi xet-trik qildi va Galatasaroy rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida "Galatasaroy" "Eyupspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bahsning asosiy qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uch gol urib, jamoasiga ishonchli g'alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixidagi yangi yutuqni ham taqdim etdi: u "Galatasaroy"ning eng sermahsul legioneri sifatida rekord o'rnatdi. Avvalgi ko'rsatkich ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli bo'lib, u 75 gol urgandi, Ikardining hisobida esa endilikda 76 gol bor.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik forvard "Galatasaroy" tarixida yettinchi pog'onada qayd etildi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon turk klubi safida o'ynab kelmoqda, undan avval u "PSJ" sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!