Ronalduni Yevropaning top-klublariga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi arafasida Yevropaning bir qator yetakchi klublariga qo'ng'iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shish variantini taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar tufayli Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgan edi. Ammo Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozi sifatida ko'rsatilgan.
Hozirgi shartnomaga ko'ra, Ronaldu «Al-Nasr» bilan 2027 yil o'rtalarigacha bog'langan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!