Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, «Antalyaspor»dagi maosh to'lovlari kechikayotgani futbolchini norozi qilgan va shu bois u Rossiya Premyer-ligasi klublaridan kelayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, kechikishlar noyabr oyidan beri davom etmoqda, boshqa jihatlarda esa Jikiya Turkiyadagi hayotdan mamnun.
32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o'tgan yil yozida kelib qo'shilgan. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing