date

Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi

Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi

Myunxenning “Bavariya” klubida to'p surayotgan Maykl Olise atrofida transfer mish-mishlari hanuz tinmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko'ra, 24 yoshli qanot hujumchisi kelajakda Ispaniya La Ligasida o'zini sinab ko'rishni istaydi. Uning bu niyatidan Madridning “Real”i hamda “Barselona”si xabardor, biroq fransuz futbolchi yaqin vaqt ichida klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Hozircha u Myunxendagi hayotidan to'liq mamnun.

Olise 2024 yil yozida “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga ko'chib o'tgan. Futbolchining nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt esa uning transfer qiymatini 130 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi