Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, jamoa tarkibini zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj va Delgado hamda Rikelme dueti transferlar bo'yicha faol ishlashiga to'g'ri keladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to'plagan: u 1995-2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko'p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!