Del Pyerodan Bastonining uzriga ijobiy baho berildi

Turinning “Yuventus” klubi sobiq futbolchisi Alesandro del P'yero Milanning “Inter” jamoasi himoyachisi Alesandro Bastonining uzr so'rashi haqida fikr bildirdi. Bastoni jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuvda “keksa sinyora” futbolchisi Pyer Kalyulyu maydondan chetlatilganini keskin tarzda nishonlagani bilan tanqidga uchragandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Del P'yeroning aytishicha, Bastonining bu qadami to'g'ri qaror bo'lgan: u voqeadan keyin hammasini o'ylab, xatosini tan olgan. “Bu uning sha'niga. Hech kim mukammal bo'la olmaydi, ammo xatolar orqali inson yaxshiroq bo'lib boradi”, — deya del P'yeroning so'zlarini TuttoJuve keltirdi.
Eslatib o'tamiz, “Inter” — “Yuventus” uchrashuvi o'tgan hafta oxirida bo'lib o'tdi. Safarda o'ynagan “Yuventus” 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!