date

Bavariya Kim Min Jeni yaxshi taklif bo'lsa sotadi

Bavariya Kim Min Jeni yaxshi taklif bo'lsa sotadi

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Kim Min Je jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasidan ikki klub qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

SPORT BILD ma'lumotiga ko'ra, «Bavariya» sport direktori Maks Eberl o‘tgan yozdayoq Kim Min Jening yaqinlariga agar munosib taklif tushsa, klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligini yetkazgan. Manbaga ko'ra, myunxenliklarning pozitsiyasi hozir ham o‘zgarmagan. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi Myunxenda o‘zini qulay his qilayotgani va jamoada berilgan hozirgi rolini qabul qilgani ta’kidlanadi.

Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik barcha musobaqalarda 23 o‘yinda maydonga tushdi, 1 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Kim Min Jeni yaxshi taklif bo'lsa sotadi