Markinyos Saudiya emas, faqat Qatarga ko'chmoqchi

Rossiyalik ko'plab futbol muxlislari uchun Saudiya Arabistoni bilan Qatar deyarli bir xil — Sharqning ekzotik va sirli manzili. Biroq braziliyalik himoyachi Markinyos bu ikki yo'nalishni keskin farqlaydi: u Saudiya Arabistoniga borishni umuman istamayapti, Qatar variantiga esa rozi, deya xabar bermoqda fransuzlarning L'Equipe nashri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
31 yoshli veteran 2013 yildan beri PSJ safida to'p suradi. Hozirgi tarkibda klubda shuncha uzoq vaqt davomida o'ynab kelayotgan boshqa futbolchi yo'q.
Markinyos faoliyati davomida Braziliyaning «Korintians» klubi va Italiyadagi «Roma» sharafini ham himoya qilgan. U Braziliya terma jamoasi safida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing