Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e'lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta'kidlanmoqda. Shu bois Delgado va Rikelme tandemining asosiy vazifasi — jamoaga kerakli qo'shimcha kuchlarni topish va transfer siyosatini samarali yo'lga qo'yish.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng yaxshi to'purar bo'lgan. U bu ko'rsatkichni Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo'lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!