date

Del Piero Bastonining uzrini ijobiy baholadi va gapirdi

Del Piero Bastonining uzrini ijobiy baholadi va gapirdi

Turinning “Yuventus” klubi sobiq yulduzi Alessandro del Piero “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonining uzr soʻrashiga munosabat bildirdi. Bastoni jamoalarning yaqinda oʻtgan toʻqnashuvida “keksa sinyora” futbolchisi Per Kalyulyu maydondan chetlatilgan paytda buni keskin tarzda nishonlagani tanqidlarga sabab boʻlgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Del Pieroning aytishicha, Bastonining keyinroq vaziyatni o‘ylab ko‘rib, xatosini tan olgani — to‘g‘ri qadam. U bunday ish futbolchining obro‘siga ijobiy ta’sir qilishini, hech kim mukammal bo‘la olmasligini, ammo xatolardan saboq olib kuchayish mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” — “Yuventus” uchrashuvi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi. Safarda o‘ynagan “Yuventus” 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Del Piero Bastonining uzrini ijobiy baholadi va gapirdi