Bavariya Kim Min Je bilan xayrlashishga tayyor

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Kim Min Je jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD ma’lumotiga ko‘ra, klub sport direktori Maks Eberl o‘tgan yozdayoq Kim Min Je atrofidagilarga «Bavariya» yaxshi taklif tushsa, futbolchini sotishga tayyor ekanini bildirgan. Manbaga ko‘ra, klubning bu boradagi pozitsiyasi hozir ham o‘zgarmagan. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi Myunxenda o‘zini juda qulay his qilayotgani va jamoa ichidagi hozirgi rolini qabul qilayotgani ta’kidlanadi.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik himoyachi barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!