Bolonya Pobegani Milandan to‘liq sotib olganini tasdiqladi

Bolonya rasmiy sayti chorshanba kuni Tommazo Pobega endi jamoaning to‘liq huquqli futbolchisiga aylanganini ma’lum qildi. “Qizil-ko‘klar” yarim himoyachini Milandan sotib olish bandini ishga tushirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli Pobega Bolonya bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Tommazo Bolonya safida 55 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.
Ayni paytda Bolonya Italiya chempionati turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing