Argentina Yamalga qarshi alohida reja ishlab chiqmoqda

Mart oxirida Ispaniya va Argentina Finalissima doirasida o'zaro to'qnash keladi: biri amaldagi Yevropa chempioni, ikkinchisi esa Amerika Kubogi sohibi. Uchrashuvga hali bir oydan ko'proq vaqt bor, biroq murabbiylar shtabi tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri DSports Radio'ga tayanib yozishicha, argentinaliklar Ispaniya vingeri Lamin Yamalni qanday to'xtatish ustida bosh qotirmoqda. Rejaga ko'ra, Yamalga qarshi shaxsiy nazoratda kuchli bo'lgan himoyachi Nikolas Tagliafiko ko'proq mas'ul bo'ladi. Bundan tashqari, Lionel Skaloni jismonan baquvvat yarim himoya chizig'ini tuzib, ulardan birini to'liq Yamalni cheklash vazifasiga yo'naltirmoqchi. Argentina tomoni Lamin to'p bilan qolganida unga bir vaqtning o'zida ikki futbolchi bosim o'tkazadigan vaziyatlar yaratishni maqsad qilgan.
Ispaniya va Argentina 27 mart kuni maydonga tushadi.
Shuningdek, Messi 2026 yilgi jahon chempionatiga bormasligi mumkinligi haqida ham gap-so'zlar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!