Karbax va Nyukasl Chempionlar ligasi uchrashuvi uchun tarkiblarni e'lon qildi

Chempionlar ligasining chorshanba kungi ilk bahsida «Karbax» o'z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi. Uchrashuvdan avval har ikki jamoa murabbiylari start tarkiblarini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Karbax» bosh murabbiyi G'urban G'urbanov maydonga quyidagi futbolchilarni tushirishga qaror qildi: Kohalski, Silva, Mustafazade, Medina, Jafarguliyev, Bikalo, Yankovich, Montiel, Andrade, Zubir, Duran.
«Nyukasl» ustozi Eddi Xau esa startda mana bu futbolchilarga ishonch bildirdi: Poup, Trippyer, Tiav, Bern, Holl, Uillok, Tonali, Voltemade, Barns, Elanga, Gordon.
«Karbax» – «Nyukasl» uchrashuvi 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. O'yinni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing