Turkiyada bekor qilingan goldan keyin hakamga samokat otildi

Turkiyaning quyi, yarim havaskor ligalaridan birida o'yin keskin mojaro bilan yakun topdi: hakam golni hisobga olmagach, tribunadan elektr samokat uloqtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transport vositasi arbitga tegib, unga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Internetda tarqalib ketgan video bu voqeani tasdiqlayotgandek ko'rinadi va u tezda ommalashdi.
Hodisa «Darendespor» va «Hekimhan» jamoalari bahsida sodir bo'ldi. Tablo 1:1 ni ko'rsatib turgan paytda, 87-daqiqada yuzaga kelgan bahsli epizodda yon hakam Hakan Baskur golni qoida buzilgan, deb qayd etdi.
Shundan so'ng bezori muxlislarning agressiv reaksiyasi darhol boshlandi va natijada maydonga elektr samokat otildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing