Felipe Melo Galatasaray g'alabasini besh barmoq bilan nishonladi

Istanbulning “Galatasaray” jamoasi Turin “Yuventus”ini 5:2 hisobida mag'lub etdi. Bir paytlar har ikki klub safida to'p surgan braziliyalik sobiq himoyachi Felipe Melo esa ushbu bellashuvda kimning g'alabasidan xursand bo'lishini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin Melo ijtimoiy tarmoqlarda “Galatasaray”ning yirik g'alabasini alohida post bilan nishonladi. Postdagi asosiy ishora — uning besh barmog'ini ko'rsatgan surati bo'lib, bu “Yuventus” darvozasiga kiritilgan gollar soniga ochiq ishora bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Melo 2009–2011 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan, keyin esa “Galatasaray”ga o'tib, turk klubida to'rt yil davomida o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing