Mali terma jamoasi Rossiyaga yulduzlari bilan keladi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Maliga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Rasmiy ravishda RFU hozircha bu haqda e’lon bermagan, biroq Mali tomoni o‘yin Krasnodarda bo‘lishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekayening aytishicha, jamoa Rossiyaga eng kuchli tarkibda yo‘l oladi. Uning ta’kidlashicha, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene kabi yetakchilar hamda boshqa futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, uchrashuv oldidan mashg‘ulot o‘tkazadi.
Bekaye shuningdek, Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuv uncha qiyin bo‘lmaganini aytdi. Mali vakili juda kuchli raqibga qarshi maydonga tushish ular uchun qiziq ekanini ham qayd etdi.
Rossiya terma jamoasi Yevropa va jahon futbol tashkilotlari tomonidan joriy etilgan cheklovlar sabab hozircha faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!