date

Osimxen Juventus ustidan g'alabani juda jo'shqin nishonladi

Osimxen Juventus ustidan g'alabani juda jo'shqin nishonladi

Turkiyaning Galatasaray jamoasi Chempionlar ligasi pley-offining ilk uchrashuvida Turin klubi Juventusni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Istanbul vakillari raqib darvozasiga besh bor yo'l topib, o'z darvozasidan esa atigi ikki gol o'tkazib yubordi. Viktor Osimxen uchrashuvning eng faol futbolchilaridan biri bo'lib, gol urdi va hamkorlariga assist ham yozdirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan keyin sobiq Napoli hujumchisi hissiyotlarga berilib ketdi: stadionning ichki yo'laklarida quvonch ustida kichik tartibsizlik chiqarib, yoritish uskunalaridan birini sindirib qo'ydi. Yetkazilgan zarar klub tomonidan qoplab berilishi ma'lum qilindi.

Javob uchrashuvi bir hafta o'tib, Juventus maydonida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimxen Juventus ustidan g'alabani juda jo'shqin nishonladi